Bu ASUS maxsus loyihasi — fikr yetakchilari o‘z kundalik hayotidagi bir kun haqida hikoya qiladigan materiallar seriyasi. Loyihaning maqsadi — biznes vakillarining bir kuni nimalarga to‘la ekanini va aslida ular qancha vazifalarni bajarishiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatish.
«bilan bir kun»:
Otabek NAsirov
Central Asian Fintech Association (CAFA) raisi
Central Asian Fintech Association (CAFA) raisi — Otabek Nasirovning kuni pochtadan emas, kontekstdan boshlanadi. Yangiliklar, tahlillar, bozor ishtirokchilari bilan yozishmalar, regulyatorlar va xalqaro hamkorlar bilan muhokamalar — bularning barchasini shunchaki koʻzdan kechirish emas, balki yaxlit bir manzara sifatida yigʻish kerak.

“Bozor, tartibga solish va xalqaro kun tartibi kesishgan nuqtada ishlaganingizda, ma’lumotlarga kirish tezligi qaror sifatining bir qismiga aylanadi.


Va ASUS ExpertBook Ultra — aynan yuqori sur’atni saqlab qolishga yordam beradigan vosita: vazifalar orasida tezkor oʻtish, katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash va ish kuningiz aynan qayerda oʻtishiga bogʻlanib qolmaslik imkonini beradi”, — deydi u.

Bugungi kunda u shugʻullanayotgan fintex allaqachon toʻlovlar va bank xizmatlari doirasidan chiqib ketgan. Bu endilikda texnologiyalar, iqtisodiyot va davlat siyosati kesishadigan tizimdir. Kun davomida u doimiy ravishda ish darajalari orasida — aniq tashabbuslar va ishchi uchrashuvlardan tortib, bozorning butunicha qayerga qarab ketayotganini strategik tahlil qilishgacha almashib turishiga toʻgʻri keladi.

Bunday maromda koʻp narsa u har kuni ishlaydigan vositalarga bogʻliq boʻla boshlaydi. Katta hajmdagi ma’lumotlarni tezda qayta ishlash, bir vaqtning oʻzida bir nechta vazifani diqqat markazida tutish va bitta ish joyiga bogʻlanib qolmaslik imkoniyati shunchaki qulaylik emas, balki samaradorlikning bir qismiga aylanadi.

Aynan shunday ssenariylar uchun biznes noutbuklar olamidagi 2026-yilning yangiligi — ASUS ExpertBook Ultra yaratilgan. Bu — texnik cheklovlar tufayli tempni qo’yib yubormasligi muhim boʻlgan insonlar uchun moʻljallangan, doimiy harakatda ishlashga mos, yengil va unumdor qurilmadir.

ASUS`ning “Bir kun” maxsus loyihasi doirasida Otabek Nasirov oʻz ishining ichki jarayonlari qanday tuzilgani, nima uchun Markaziy Osiyoda fintex oʻz modeliga koʻra rivojlanayotgani va bu jarayonda texnologiyalar — shunchaki alohida vosita emas, balki qaror qabul qilish asosi sifatida qanday rol oʻynashi haqida soʻzlab beradi.
ASUS ExpertBook Ultra bilan ishlash davomida men, ayniqsa, yengillik va unumdorlik uygʻunligini yuqori baholadim. Bu — qurilma bir vaqtning oʻzida katta hajmdagi vazifalarni hal qila oladigan holatdir.
Bozor yagona tilda gapira boshlaydigan joy: assotsiatsiya faoliyati haqida
CAFA — bu “manfaatlar klubi” emas, balki bozor, regulyatorlar, texnologik kompaniyalar, banklar, investorlar va xalqaro hamkorlar oʻrtasidagi ishchi platformadir.

Biz bozordan qayta aloqa yigʻamiz, ekspertlik pozitsiyasini shakllantiramiz, ekotizimni rivojlantirish boʻyicha tashabbuslarni ilgari suramiz, sohaviy muloqotlarni tashkil etamiz va ishtirokchilarga Oʻzbekiston hamda butun mintaqa bozori qanday tuzilganini yaxshiroq tushunishga yordam beramiz.

Bu hozirgi vaqtda, fintex tezlik bilan bir sektor doirasidan chiqib, toʻlovlar, kreditlash, e-commerce, AI, kiberxavfsizlik va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohalariga daxl qilayotgan bir paytda, ayniqsa muhimdir.
Assotsiatsiya bitta oddiy sababga koʻra kerak: bozorning oʻzi kamdan-kam hollarda yakdil fikr bildiradi. Bankning oʻz mantiqi bor, startapning — boshqa, regulyatorning esa — mutlaqo boʻlak. Agar ushbu manfaatlarni konstruktiv muloqotga keltira oladigan institut mavjud boʻlmasa, bozor yo oqsab qoladi, yo parokanda rivojlanadi. CAFA aynan biznes manfaatlarini tushunarli, vazmin va tizimli takliflar tiliga oʻgirish muammosini hal qiladi.

Shu bilan birga, biz muayyan bir guruh pozitsiyasining davomi emasmiz. Zero, barqaror fintex-ekotizimni faqatgina ma’lum bir toifa: bank sektori, servis-provayderlar yoki IT-startaplar kuchlari bilan yaratishning imkoni yoʻq.
CAFA`ning vazifasi — “kimningdir biznes-modelini” qoʻllab-quvvatlash emas, balki shaffoflik, barqarorlik va iste’molchi huquqlariga putur yetkazmagan holda oʻyin qoidalarini muvozanatlash va rivojlantirishdir. Axir, agar yechim faqat bir turdagi ishtirokchilar uchun foydali boʻlib, qolganlar uchun tizimli xavflarni keltirib chiqarsa, bu yomon yechimdir.
Aynan shuning uchun ham assotsiatsiyaning ichkaridan olib boradigan ishi — bu tahlil va muvofiqlashtirishdan ancha yuqoriroqdir. Bu bozor ishtirokchilari bilan uchrashuvlar, oʻtkir muammolarni tahlil qilish, me’yoriy tashabbuslarni muhokama qilish, takliflar tayyorlash, sohaviy tadbirlarda, ekspert kengashlari va ishchi guruhlarda ishtirok etish, shuningdek, sektorlar oʻrtasida doimiy koʻpriklarni oʻrnatish demakdir. Fintex bugungi kunda "bir xonaning o‘zida" shug‘ullanib bo‘lmaydigan darajada ko‘p tarmoqli soha hisoblanadi.

Bunday ritmda samaradorlik nafaqat bilim, balki vositalar haqida ham ekanligini juda tez tushunib yetasan. Bir kunda oʻnlab parallel vazifalaring boʻlganda, qurilma qoʻshimcha qarshilik koʻrsatmasdan shunchaki ishlashi kerak — aks holda sen sur’atni yoʻqotasan.


Men buni oʻzim uchun juda oddiy tushunaman: agar noutbuk taxminan bir kilogramm vaznga ega boʻlsa, doimiy ravishda rozetkaga bogʻlanib qolmasdan butun ish kuni davomida bemalol ishlasa va shu bilan birga unumdorlikni pasaytirmasa — bu endi mobillikning mutlaqo boshqa darajasi. Mening holatimda bu aynan ASUS ExpertBook Ultra kabi yechimlar haqida: sen qayerda quvvatlantirish yoki “yuklamani koʻtararmikin” deb oʻylamaysan, shunchaki ishlaysan.

0,99 kg
10,9 мм
Qalinligi:
Vazni:
Nega Markaziy Osiyoda fintex boshqacha rivojlanmoqda?
Markaziy Osiyoning asosiy xususiyati shundaki, bu yerda fintex eski tizim ustidagi shunchaki “moda qatlami” sifatida emas, balki jadal yetib oluvchi rivojlanish vositasi sifatida shakllanmoqda. U ancha amaliy vazifalarni hal qiladi: toʻlovlarning qulayligini oshiradi, oʻtkazmalar narxini pasaytiradi, kichik biznesga raqamli iqtisodiyotga kirishga yordam beradi, xizmatlardan foydalanishni osonlashtiradi hamda mamlakatlar ichida va ular oʻrtasidagi tranzaksiya toʻsiqlarini kamaytiradi.

Transchegaraviy savdo va pul oʻtkazmalari roli yuqori boʻlgan mintaqa uchun bu ayniqsa muhimdir.
Shu bilan birga, mintaqa ikki omil chorrahasida shakllanmoqda: yosh, raqamli texnologiyalarga moyil aholi va mamlakatlar oʻrtasida hali toʻliq muvofiqlashtirilmagan tartibga solish tizimi. Bu bir vaqtning oʻzida ham yuqori salohiyatni, ham tarqoqlikning yuqori narxini keltirib chiqaradi: agar bozorlar bir-biridan uzilgan holda rivojlansa, oʻsish sekinlashadi, agar yondashuvlar yaqinlashtirila boshlansa — samara bir necha barobar kuchliroq boʻlishi mumkin.
Oʻzbekiston ushbu mantiq boʻyicha boshlangʻich bosqichni bosib oʻtdi va hozirda oʻtish davrida turibdi. Toʻlovlar va mobil bankingning bazaviy raqamlashtirilishi poydevor vazifasini oʻtadi, uning ustida esa hozirda yanada murakkab ekotizim qad koʻtarmoqda: open banking, oʻrnatilgan moliyaviy servislar, sun’iy intellektdan (AI) foydalanish, nobank ishtirokchilar va raqamli banklarning rivojlanishi. Fintex “gʻoyalar bozori” boʻlishdan toʻxtab, ishlayotgan modellar bozoriga aylanmoqda.

Va bu yerda yana tezlik masalasi muhim — axborot bilan qanchalik tez ishlay olishing, vazifalar orasida almashishing, pozitsiyani shakllantirishing. Mening holatimda bu doim texnika bilan bogʻliq: agar u koʻp vazifalilikni koʻtara olmasa, sen qarorlar sifatini yoʻqota boshlaysan.


Senda bir vaqtning oʻzida hujjatlar, tahliliy ma’lumotlar, brauzer, videoqoʻngʻiroqlar ochiq boʻlsa — bu endi qulaylik emas, hisoblash quvvati masalasidir. Va bu yerda bogʻliqlik muhim: zamonaviy protsessor, yetarli hajmdagi tezkor xotira, me’yordagi grafika. Masalan, ExpertBook Ultra Intel Core Ultra protsessorlari va 64 GB gacha xotira zaxirasiga ega boʻldi, ular yordamida tizim “oʻylanib qolayotganini” his qilmasdan yuqori sur’atni saqlab qolish mumkin.

Intel Core Ultra X9 Series 3 gacha
Protsessor:
Termopaketi:
50 Vt
Xotira:
64 GB
Grafika:
Intel Arc
Shu bilan birga, oʻsish salohiyati hali ham juda katta. Oʻzbekiston prezidenti darajasida 2025-yil sentabr oyida koʻrib chiqilgan materiallarga koʻra, mamlakatdagi fintex-kompaniyalar soni 2018-yildagi 24 tadan 103 taga oʻsdi, sohaga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi esa bir yilda 260 mln dollardan oshdi. Men uchun bu bozor oʻz yashovchanligini allaqachon isbotlagani, biroq uning asosiy salohiyati hali oldinda ekanligidan dalolat beradi.

Keyingi bosqich — bu shunchaki oʻsish emas, balki muhitning murakkablashuvidir. Gap raqobatbardosh va oʻzaro mos keluvchi toʻlov infratuzilmasini rivojlantirish, open API’larni joriy etish, startaplarni qoʻllab-quvvatlash, moliya sektorida sun’iy intellektni (AI) rivojlantirish, iste’molchilar himoyasini kuchaytirish va transchegaraviy integratsiyaga tayyorgarlik koʻrish haqida bormoqda. Aynan shu yoʻnalishlar bugungi kunda ham biznes, ham davlat uchun kun tartibini shakllantirmoqda.
Bunday muhitda ish qurolining maksimal darajada universal boʻlishi muhim: sifat borasida hech qanday murosasiz ham hujjatlarni oʻqish, ham tahlil bilan ishlash, ham videokonferensiyalarda qatnashish imkoniyati boʻlishi lozim.

Men uchun bu yerda ekran va aloqa oʻta muhim. Matnlar va taqdimotlar bilan koʻp ishlaganda, ekranning yorqin, tiniq boʻlishi va koʻzlar charchamasligi zarur. Buning ustiga — videoaloqaning risoladagidek ishlashi: mikrofonlar, shovqinni kamaytirish tizimi, kamera. Chunki hozirda uchrashuvlarning yarmi onlayn tarzda oʻtmoqda.

Shu ma’noda menga ExpertBook Ultra yaqin. Unda yuqori choʻqqi yorqinligiga va 3K aniqligiga ega OLED-displey hamda qoʻngʻiroqlar uchun oʻrnatilgan AI-funksiyalar mavjud — bunda siz istalgan nuqtadan turib uchrashuvlarni xotirjam oʻtkazishingiz va texnik jihatlar haqida bosh qotirmasligingiz mumkin.
120 Gts gacha
Yangilanish chastotasi:
Rang maydoni:
DCI‑P3
Ruxsat etilishi:
3K
Pik yorqinligi:
1400 kd/м²
Fintex qayerga yoʻnalmoqda?
Yaqin 3-5 yil ichida men fintexni oʻzgartirishga qodir boʻlgan beshta yoʻnalishni koʻryapman:

  1. Open banking va open API’lar — ular bozor arxitekturasini oʻzgartirib, yangi servislar uchun zamin yaratmoqda.
  2. AI — ayniqsa skoring, antifraud, personallashtirish, qarzdorlik bilan ishlash va mijozlarga xizmat koʻrsatishda. Instant payments va toʻlov infratuzilmasini yaxshilash, jumladan 24/7 hisob-kitoblar. 
  3. Embedded finance — moliya servislari e-commerce, platformalar va raqamli ekotizimlarga kirib borganda.
  4. Regtech va suptech — ularsiz keng koʻlamli raqamli bozorga xizmat koʻrsatish va nazorat qilish juda qimmatga tushadi.
Shu bilan birga, men ba’zan infratuzilma va ishonchdan uzilgan holda “texnologiklik”ning oʻziga haddan tashqari yuqori baho berilishini payqayapman. Masalan, AI yoki blokcheyn haqida cheksiz gapirish mumkin, ammo agar bozorda ma’lumotlarning muvofiqligi zaif, customer journey beqaror yoki iste’molchilar himoyasi oxirigacha yoʻlga qoʻyilmagan boʻlsa, texnologiyaning oʻzi mustaqil ravishda qiymat yaratmaydi.
Bu ishning mohiyati qanday tashkil etilganligi bilan yaxshi hamohangdir. Agar sizda “infratuzilma” kuchsiz boʻlsa — jumladan, shaxsiy asbob-uskunalar darajasida ham — samarali ishlay olmaysiz.

Masalan, mening ish kunim — bu har doim bir vaqtning oʻzida bir nechta axborot oqimi degani: hujjatlar, tahlillar, qoʻngʻiroqlar, taqdimotlar, qaydlar, ba’zan esa AI-vositalari. Agar qurilma ushbu hajmga dosh berolmasa, siz daqiqalarni emas, balki diqqat-e’tiborni yoʻqota boshlaysiz.
ASUS ExpertBook Ultraʼda aynan shu mantiq qiziqarli tarzda amalga oshirilgan: sun’iy intellekt bilan bogʻliq vazifalarning bir qismi oʻrnatilgan neyroprotsessor hisobiga toʻgʻridan-toʻgʻri qurilmaning oʻzida qayta ishlanadi. Bu ishga boʻlgan yondashuvning oʻzini oʻzgartiradi — siz ma’lumotlarni tezroq izlashingiz, materiallarni tizimlashtirishingiz, bulutli xizmatlarga doimiy bogʻlanib qolmasdan matnlar va vazifalar ustida ishlashingiz mumkin.

Buning ustiga, uchrashuvlarni avtomatik transkripsiya qilish va xulosalash, real vaqt rejimidagi tarjima, videomuloqot sifatini yaxshilash kabi imkoniyatlar paydo boʻladi — va bu endi shunchaki “qulaylik” emas, balki kognitiv yuklamani kamaytirish demakdir. Qachonki muntazam jarayonlarning bir qismini uskunalar oʻz zimmasiga olganida, sizda qaror qabul qilish uchun koʻproq resurs qoladi.
ASUS MyExpert
Sun’iy intellekt yordamchisi:
AI ExpertMeet
Konferensiya menejeri:
Aynan shuning uchun rivojlanishning navbatdagi bosqichi nafaqat yangi yechimlarni joriy etishni, balki institutlar, infratuzilma va standartlar sifatini — ushbu texnologiyalar haqiqatda ishlay boshlaydigan oʻsha poydevorni talab qiladi.

Ushbu mantiq asosida raqobatning oʻzi ham oʻzgarmoqda. Qisqa masofada hamon foydalanuvchining aniq vazifasini hal qiladigan mahsulot gʻalaba qozonmoqda. Biroq uzoq masofada — ushbu mahsulot servislar, hamkorliklar va ma’lumotlarning kengroq muhiti qismiga aylanadigan ekotizim.

Va bu yerda ham oʻxshashlik bor: avval kundalik ishda pand bermaydigan ishonchli “asosiy vosita” boʻlishi kerak — va aynan uning atrofida qolgan barcha tizim quriladi.


Men uchun ishonchlilik — bu mavhumlik emas. Bu qurilmaning yuklama ostida barqaror ishlashi, qizib ketmasligi, qotib qolmasligi, doimiy safarlar tufayli “toʻkilib” ketmasligidir. Tez-tez joyingizni oʻzgartirib tursangiz, ham mustahkamlik, ham ma’lumotlar himoyasi muhim ahamiyatga ega boʻladi.


ASUS ExpertBook Ultra modelida bu xususiyatlar aynan mujassam etilgan: xavfsizlik darajasidan tortib ishonchlilik sinovlarigacha — va bu asbobingiz hal qiluvchi lahzada sizni uyaltirib qoʻymasligi hissini beradi.

Oʻzbekiston allaqachon aynan shu tomonga qarab harakatlanmoqda: bozor alohida funksiya yoki tarif bilan borgan sari kamroq, qulaylik hamda yaxlit ekotizimlardan foydalanish tezligi bilan esa borgan sari koʻproq raqobatlashmoqda. Bu aynan “product competition”dan “ecosystem competition”ga oʻtishdir.

Oʻzbekistonda buni tushunish ayniqsa muhim: soha oʻsishi allaqachon mavjud, biroq keyingi bosqich nafaqat innovatsiyalarni, balki institutlar, infratuzilma va standartlar sifatini ham talab etadi.
ASUS ExpertBook Ultra zamonaviy bozorning ilgʻor texnologiyalari, yuqori unumdorlik va biznes-klass ishonchliligini oʻzida mujassam etadi.

Yengil, intellektual hamda ish vazifalarining yuqori dinamikasi uchun yaratilgan ushbu qurilma shunchaki noutbuk emas, balki shaxsiy mahsuldorlikka yoʻnaltirilgan uzoq muddatli investitsiyaga aylanadi — ayniqsa, harakatda qaror qabul qilishga odatlanganlar uchun.
Yaqin orada ASUS ExpertBook Ultra’ni Oʻzbekistonning elektronika doʻkonlarida, shuningdek, ASUS’ning rasmiy hamkori: nout.uz’dan xarid qilish mumkin boʻladi.
Reklama huquqlari asosida.
Made on
Tilda