SSSR vaqtlari oddiy odamning Vozrojdeniye oroliga borishi imkonsiz edi. Hozir ham bunday qilish yaramaydi. O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi va «Gazeta.uz» nashri bu joylarga safar qilishdan tiyilishni tavsiya etadi. Sobiq harbiy baza o'z bag'rida qanday sir-sanoat va xavf-xatarlarni saqlab yotganini kim ham bilardi deysiz? |
Orolga mahalliy brakonyerlar xavf solmoqda. Brakonyerlardan eng ko'p yoqimtoy sayg'oqlar jabr ko'rgan — hozirgi vaqtga kelib ular amalda qirilib bitgan. Ushbu noyob va beozor jonivorning shoxi ayrim mamlakatlarda tibbiyot tomonidan tan olinmagan davolovchi vosita sifatida qadrlanadi. |