Birinchi suratda o‘zbek madaniyatining boyligi va rang-barangligi jonli aks etgan. Unda raqqosalarning har bir ishorasi, har bir nigohida qandaydir hikoya bor. Ularning barchasi birgalikda madaniyatning qudratli, tirik manzarasini ko‘rsatadi.
Ikkinchi surat esa ot sportini suratga olishdagi ilk tajribam hisoblanadi. Jarayonga shu darajada berilib ketganimdan ko‘plab kadrlar oldim va ularning orasidan aynan shunisini tanladim. Surat menga sport fotografiyasida lahzani his qilish hamda ritm sezgisining naqadar muhimligini ko‘rsatdi.
So‘nggi kadrda shamol osmon uzra chiziqlar chizadi, qushlar esa bu chizg‘ilarni davom ettirib, harakat va erkinlik hissini yaratadi.
Bu surat yil davomida fotografiya bilan shug‘ullanishni davom ettirish uchun menga uch marta kuchli motivatsiya berdi. Uzbekistan Airways jurnalida chop etildi, “Global ability photograohy challenge” xalqaro tanlovida yilning eng yaxshi 25 ta ishi qatoriga kirdi va Yaponiyada o‘tkazilgan
ko‘rgazmada namoyish etildi. Aynan shuning uchun ham uni 2025-yilimdagi eng yaxshi ijodiy ishlarim safiga qo‘shishni xohlayman.