15-31-yanvar kunlari O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda fuqarolar census.stat.uz sayti orqali o‘zlari va oila a’zolarini ro‘yxatdan o‘tkazdilar.
Milliy statistika qo‘mitasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 17 kun davomida mamlakatning 30 milliondan ortiq aholisi savolnomani onlayn to‘ldirib, ro‘yxatdan
o‘tgan.
Ro‘yxatga olishning ikkinchi bosqichi 4 fevraldan 28-fevralgacha davom etadi. Ushbu davrda ro‘yxatga oluvchilar uyma-uy yurib, onlayn ro‘yxatga olish vaqtida kiritilgan noto‘g‘ri ma’lumot to‘g‘rilashmoqda va savolnomalarni mustaqil to‘ldirolmaganlarni tizimga kiritmoqda.