O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi qoshidagi Milliy fan-klub 2007-yilda tashkil etilgan. Ikki yil o‘tgach, bugungi kunda
Ultras Burgut nomi bilan tanilgan andijonlik muxlislar milliy fan-klub tarkibida Misrga yo‘l olishadi.
“Burgutlar” O‘zbekistondagi muxlislik harakatining eng yorqin vakillaridir. So‘nggi yillarda ularning qo‘shiqlari, hayqiriqlari va chiqishlari futbol muxlislarining e’tiborini tobora ko‘proq tortmoqda. Ayniqsa, “Anjanliklar keldi!” qo‘shig‘i fan-klubning ramziy madhiyasiga aylangan.