Bektosh Hatamov o‘yinga tushishda o‘zi bilan O‘zbekiston bayrog‘i, Markaziy Osiyo davlatlari bayroqlari tasviri tushirilgan
sharf olib kirganini aytdi. Portugaliyaga qarshi o‘yin uchun esa Isfandiyor va uning akalariga O‘FA tomonidan liboslar beriladi.
Hatamov Meksikada O‘zbekiston milliy jamoasi libosini rosa qidirganini eslaydi. Uning aytishicha, Adidas, Nike, Puma kabi mashhur brendlarning do‘konlaridan ular ishlab chiqargan mamlakat futbolkalarini oson topish mumkin.
“To‘g‘ri, 7saber yaxshi forma chiqargan, lekin infratuzilma yo‘q-da. Masalan, Nike’ning dunyo bo‘ylab 20 mingdan ortiq do‘koni bor. Nachora, bizning formalar O‘zbekistonning o‘zidan olib kelinyapti. Bu ham mamlakatning iqtisodiyoti yaxshilanib borishi bilan bog‘liq. Masalan, Norvegiyaning formasi menga juda yoqdi, iqtisodiyoti ham ancha yaxshi”, — deydi muxlis.