1. Agar men maktab bitiruvchisi bo‘lgan paytimga qaytib, o‘zim bilan suhbat qila olganimda edi, birinchi navbatda orzularimni amalga oshirishni tavsiya qilgan bo‘lardim. Bunday gaplar qanchalik ko‘p gapirilgan bo‘lsa ham, bu juda muhim. Har kim ham o‘z orzularini ro‘yobga chiqarish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun, siz maktabni bitirib, hayotning yangi bosqichiga qadam qo‘yganingizda, hech bo‘lmaganda o‘zingiz orzu qilgan faoliyat sohasini tanlashga harakat qilishingiz kerak. O‘zingiz yoqtirgan, sizga zavq keltiradigan kasbni yoki ishni toping va agar hayotda shu ish bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘lsangiz, u holda siz juda omadlisiz.
2. Bugungi dunyo shu qadar tez rivojlanmoqdaki, ilgari odamlarda bo‘lishi kerak bo‘lgan ko‘pgina fazilatlar bugungi yoshlarga kerak bo‘lmasligi ham mumkin. Ammo, menimcha, muvaffaqiyatga erishish uchun quyidagi uchta fe’l-atvor xislatlarini o‘zingizda rivojlantirishingiz kerak:
- Qiziquvchanlik — bilim va rivojlanishga intilishdan to‘xtamang;
- Moslashuvchanlik — zamonaviy hayotning o‘zgarishlarga va hayotning turli sharoitlariga tezda moslasha olishga intiling;
- Qat’iyat yoki maqsadlilik — maqsadlarga erishish yo‘lida taslim bo‘lmang. Ba’zan qat’iyat juda muhim ahamiyatga ega.
3. Tavsiyalarim borasida —
menga o‘xshagan yoshi kattalarning tavsiyalariga kamroq quloq solishni maslahat beraman.
Hurmatli O‘zbekiston bitiruvchilari! Sizga muvaffaqiyatlar, maqsadlaringizga erishishingiz va orzularingizni amalga oshirishingizni tilayman. Umid qilamanki, har biringiz o‘zingizga yoqqan ishni topasiz va shu yo‘nalishda rivojlanishda davom etasiz.