Buning, albatta, muhim bir sharti bor: suvni asrab avaylash kerak. Suvdan tartibsiz foydalanish tiriklik manbasining
taqchilligi va
noteng taqsimotiga sabab bo‘lmoqda. Biz hali ham suvni tejovchi texnologiyalardan foydalanmayotganimiz, daryo o‘zanlarini ayovsiz o‘zlashtirayotganimiz, yerlarni eng isrofli yo‘l bila sug‘orishda davom etayotganimiz oqibatida yer sathida suv tugamoqda va biz uni yer ostidan olib chiqishga majbur bo‘lyapmiz. Ammo bu ne’matni ham qanchalik asray bilyapmiz?
Aleksey Volkovning aytishicha, hozir hukumat yerosti suvlari bor hamma joylarda quduq qazishga ruxsat bergan. Suvning dahshatli yetishmovchiligiga qaramay, bunday manbaga ega chiqqan har qanday fermer o‘z dalasiga imkon qadar ko‘proq suyuqlik berishga harakat qiladi.
Sharofiddin Musayevning ham qudug‘i bor. 120 metrlik chuqurlikka quvur qoqilgan. Bahorgi jazirama oftob ta’sirida mashinada qolgan butilkadagi suv qizib ketgan, ichib bo‘lmaydi. Fermer biz uchun jo‘mrakni burib, suvni ochdi va biz Ona Yer qachon bizga suv berishini ancha kutdik.