Yalg'az og'a bir vaqtlar Sudochyeda "qushlarning ham, baliqlarning ham hamma turi" bo'lganini
aytadi. Qushlar hozir ham kam emas — ko'lda 240 qush turi kuzatilgan bo'lsa (ularning 28 tasi O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan), shundan 150 tasi ko'chmanchi. Og'aning aytishicha, ko'lda hozir zog'ora (sazan), tovonbaliq (karas) va boshqa shu kabi baliq turlari uchraydi. Ammo suv sifati pasayib ketgan, shu bois, ba'zi mutaxassislarning
fikricha, bu yerda baliqchilik hozir 1950−1960-yillardagidek samarali emas.