Tarixchining so'zlariga ko'ra, Spaso-Preobrajenskiy soborining to'rt tarafiga ko'zga ko'ringan harbiy qo'mondonlar, xususan, general-gubernatorlar dafn etilgan. Inshoot va general-gubernator qarorgohi atrofida Toshkentning eng
birinchi Botanika bog'i sifatida talqin etiladigan Turkiston florasi bog'i barpo etilgan.
Sovet hukumati avvaliga ibodatxonani xuddi Olmaotaning bosh cherkovi kabi muzeyga aylantirish istagini bildirgan bo'lsa-da, ammo bu reja amalga oshmagan — Spaso-Preobrajenskiy sobori 1929-yili sovetlar tomonidan portlatib yuborilgan.
Boris Golender general-gubernatorlarning jasadlari eksgumatsiya qilinmagan, deb hisoblaydi.
"Ularning jasadlari tuproqdan olingani haqida hech qanday ma'lumot yo'q. Vaholanki, u yerda 29 kishining qabri bo'lgan. Birini 1918-yili Botkin qabristoniga ko'chirishgan. Zilziladan so'ng bu maydonni qanday qilib yer bilan bitta qilib yuborishganini men o'z ko'zim bilan ko'rganman", — deydi Golender.