Toshkent shahar tabiyotni muhofaza qilish qo'mitasi 2010-yil may oyi o'rtalariga kelib
bayonot berdi. Quyida uni to'liq keltiramiz. "Shahar chigirtkalar bosqiniga uchragan o'tgan yilning kuzini hamma yaxshi eslasa kerak. O'shanda Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi xodimlari Sog'liqni saqlash vazirligi vakillari bilan birgalikda poytaxt aholisi orasida chigirtkaning inson salomatligiga ziyoni yo'qligi va u turli xil kasalliklar manbai emasligi haqida aholi orasida tushuntirishlar bergan edi.
Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi poytaxt hokimligi ham bilan ham hamkorlik qiladi. Hokimlikning faol ishtirokida Toshkentni qayta qurish va rivojlantirish bo'yicha Bosh reja ishlab chiqilgan va qabul qilingan bo'lib, hozirda bu reja faol tatbiq etilmoqda.
Hozirgi vaqtda
maxsus ishlab chiqilgan "Yashil dastur" asosida nafaqat shaharning, balki har bir ko'cha, maydon arxitekturasining o'ziga xosliklariga alohida e'tibor qaratilmoqda, hududlarning an'analari va ularning joylashuvi inobatga olinmoqda, — deydi Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi raisi o'rinbosari. — Poytaxtni gullab-yashnagan shaharga aylantirish bo'yicha alohida dastur ishlab chiqilgan. Bu yo'nalishda yashil ko'chatlarni yetishtirish va o'tqazish bo'yicha yangi uslublar, texnologiyalar qo'llanila boshladi.
Dasturni ishlab chiqishda daraxtlarning o'ziga xosliklari, xususan, ekilganiga 50 yildan oshgani va ularning aholi va turli inshootlarga ko'rsatayotgan xavfi inobatga olingan. Bunday xavfning prognoz qilinishiga yumshoq tana daraxtlarni zararlovchi po'stloqxo'r qo'ng'izlarning mutatsiyaga uchrashi sabab bo'ldi — endi ular chinor kabi qattiq tana daraxtlarda ham zararkunandalik qilmoqda.
Bu jarayon birdan yuz bergani yo'q, ko'p yillardan beri kuzatilmoqda. Joriy yil bahori ushbu xavotir asosli ekanini ko'rsatdi. Kuchli shamol bilan birga kechgan jala yomg'irlari oqibatida turar joy uylari yonidagi ko'plab daraxtlarni qulatdi va baxtli tasodif tufayligina aholi jabr ko'rmadi.
"2009 va 2010-yilning yomg'irli bahorlari Toshkent daraxtlariga sezilarli zarar yetkazgan zararkunanda hasharotlarning intensiv ko'payishiga zamin yaratdi, — deydi Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo'mitasining Hayvonot va o'simlik dunyosini muhofaza qilish bo'limi boshlig'i. — Toshkentni qayta qurish va obodonlashtirish bo'yicha tegishli qarorlarda bizning tavsiyalarimizga asosan eman, zarang va kashtan kabi daraxt turlarini ekish zarur ekani alohida ko'rsatib o'tilgan.
Shu bois Toshkent shahrini qayta qurish va rivojlantirish bo'yicha Bosh rejaga "yangi yashil iqlim zonalarini tashkil etish"ga doir band kiritilgan. Bu eski va kasal daraxtlarni aniqlangan joyida kesib, o'rniga aholi daraxtlar soyasi va favvoralar salqinida hordiq chiqarishi mumkin bo'lgan yashil park zonalarini tashkil etishni nazarda tutadi.
Joriy yilda Toshken shahar hokimligining Obodonlashtirish boshqarmasi Toshkent shahrini qayta qurish va rivojlantirish rejasiga asosan
eski daraxtlarni kesish va yangi park zonalarini tashkil etish
ishlarini bir maromda olib bormoqda. Ayni vaqtda daraxt va o'simliklarning zararkunandalar, ayniqsa, po'stloqxo'r qo'ng'izlarning tishi o'tmaydigan turlari ekilmoqda.