Yotoqxona — Finlyandiya uchun kamyob hodisa. Kamdan-kam universitet o'z hududida yotoqxona borligi bilan maqtana oladi. Aksariyat talabalar kvartirani ijaraga olishga odatlangan. Vaziyat shu darajadaki, butun mamlakat bo'ylab talabalarga mo'ljallangan maxsus apartamentlar qurilgan — unda har bir talabaga alohida xona beriladi, mehmonxona, oshxona va hammom esa umumiy. Oyiga 200 yevrodan 1000 yevrogacha bo'lgan to'lov evaziga har kim o'z didiga mos qo'nalg'a topishi mumkin.
Ammo uy-joy masalasini — ayniqsa, kuzgi semestrga ariza topshirayotganda — imkon qadar vaqtliroq hal qilib qo'yish kerak, yo'qsa joy topilmay qolishi mumkin. Kvartira topishga arizani o'qish joyi ma'lum bo'lgach darhol bergan ma'qul. Turar joyni ijaraga olish uchun joylashish rejalashtirilgan vaqtdan kamida to'rt oy avval ta'lim oladigan hududingizdagi uy-joy tashkilotining
saytiga kirib, kerakli shaklni to'ldirib, ariza berib qo'yish kerak.
Uy-joyni ijaraga olish taklifi kelgach, taxminan 200−500 yevro miqdorda depozit to'lash kerak bo'ladi. Keyin uy-joy tashkilotining ko'rsatmalariga qarab ijara shartnomasini imzolash lozim. Talabalarga kvartira topishda, Finlyandiyaning talabalar uy-joy assotsiatsiyasi (
SOA) yordam beradi. Tashkilot kvartira va yotoqxonalar haqidagi ma'lumotlarni, turli hududdagi kvartira oldi-sotdisi bilan shug'ullanadigan tashkilotlarning havolalarini berib boradi.