Amerika universitetiga o'qishga kirganingiz haqidagi tasdiqnomani olgach, xalqaro ofis sizga mavjud turar-joy haqida ma'lumot yuboradi. Amerikadagi chet ellik talabalar uchta variantdan birini tanlashli mumkin: universitet yotoqxonalari, oilalar bilan birga turish yoki ijaraga olingan kvartira. Birinchi ikkita variant ko'proq bakalavriat talabalari uchun mos. Magistratura talabalari ancha ulg'aygan va mustaqil shaxslar bo'lgani bois, ular odatda alohida turar joy ijaraga oladi.
Budjetingizdan kelib chiqib, ijaraga xona, studiya yoki kvartira olishingiz mumkin. Turar-joyni maxsus
saytlar yoki universitet sahifalaridan izlagan ma'qul. Unda boshqa talabalar yashaydigan kvartiralarning xonalari ko'rsatiladi. Turar joyni tanlashda universitetga yaqinligi, jamoat transporti va atrofida oziq-ovqat do'konlari bor-yo'qligiga e'tibor berish kerak. Masalan, shahar markazi, masalan, Manhettendan uy ijaraga olishni tavsiya qilmagan bo'lardim — juda qimmat. Bu borada Bruklin va Kvins yaxshiroq. Men xonamni 600 dollarga ijaraga olganman.