Aleksey Xen: Yaqinda qaror loyihasi bosh vazir huzurida himoya qilindi (ushbu intervyu dastlab 2023-yil avgust oyida
rus tilida e'lon qilingan — tahr.). Umuman olganda, hujjatning asosiy qismi qo'llab-quvvatlandi va ma'qullandi, deb ayta olaman. Bosh vazir me'yoriy-huquqiy bazani mustahkamlashni taklif qildi. Uning takliflari allaqachon loyiha matniga kiritilgan. Hujjat yaqin orada imzolanishi kutilmoqda.
Ushbu loyihaning ulkan g'oyasini amalga oshirish uchun ketma-ket ikki yil kerak bo'ladi, deb o'ylayman. Chunki bir yil ichida biz hamma narsani tartibga solishimiz lozim: sxemani tayyorlash, pasportlarni tekshirish, reyestrni ishlab chiqish ishlarini yakunlash, barcha talablarni ishlab chiqish, shartnomalar tuzish. Keyin esa yangi qoidalarga mos kelmaydiganlarini muvofiqlashtirish ishlari boshlanadi.
Reklama agentliklari bizni tushunadi, norozilar ham bo'ladi, albatta. Eng asosiysi, hamma aniq qoidalar mavjud bo'lishi tarafdori, shuning uchun biz hamma narsani imkon qadar shaffof qilamiz. Qanday va nima qilish kerakligini ko'rsatamiz, hammasini tushuntiramiz, o'rgatamiz, chunki tartibsizlikdan hech kim — na fuqaro, na biznes, na hokimiyat manfaatdor.