Reklama bosqini, afishalar, peshlavhalar, ulkan televizorlarning zarari haqida
Nikita Makarenko va
Azamat Shamuzafarov kabi mualliflarimiz bir necha bor yozdi. 2023-yili bu muammoni hal qilish uchun Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti (RRD)
safarbar etildi.
RRDning "Tashqi reklama" loyiha ofisi boshlig'i o'rinbosari Lazizbek Toshqulovning "Gazeta.uz"ga ma'lum qilishicha, 2024-yilning yanvar oyi holati bo'yicha poytaxtda 14 mingdan ortiq reklama obyektlari o'rnatilgan. Loyiha ofisi ularning qonuniy yo'l bilan o'rnatilgan-o'rnatilmaganini tekshirmoqda.