Hujjatli filmi
O‘zbekiston U-23 futbol terma jamoasi mamlakat va o‘z ortidan butun Markaziy Osiyoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Olimpiya o‘yinlariga olib chiqqan birinchi jamoa sifatida tarixga kirdi.
Film o‘z mehnati va matonati evaziga ko‘p to‘siqlarni yengib o‘tib, butun xalqning uzoq yillik orzusi — Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan o‘zbek futbolining yangi qahramonlari haqida hikoya qiladi. Hujjatli film o‘yinchilar, murabbiylar, xodimlar va oila aʼzolarining ko‘pincha kadr ortida qolib ketadigan hikoyalari orqali sportchilar muvaffaqiyatining muhim omillarini ochishga harakat qiladi.
2024-yil iyun oyida “Gazeta.uz” O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) bilan hamkorlikda O‘zbekiston milliy terma jamoasining Parijda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokiga bag‘ishlangan ilk hujjatli filmini suratga olishni boshlagandi. Suratga olish ishlari DBLA prodyuserlik studiyasi bilan birgalikda olib borildi.
TIZER
O‘ZBEKISTON OLIMPIYA TERMA JAMOASI (U-23)
Timur Kapadze
Sergey Chigodayev
Mixail Yeramchuk
Anvar Rashidov
Sobir Pirnazarov
Orzumanbek Nurmuhamedov
Eldor Shomurodov
Jasurbek Jaloliddinov
Abduvohid Ne'matov
Vladimir Nazarov
Hamidullo Abdunabiyev
Zafarmurod Abdurahmatov
Asadbek Rahimjonov
Muhammadqodir Hamraliyev
Ibrohimhalil Yo‘ldoshev
Abduqodir Husanov
Husniddin Aliqulov
Saidazamat Mirsaidov
Abdurauf Buriyev
Diyor Xolmatov
Ibrohim Ibragimov
Abbosbek Fayzullayev
Umarali Rahmonaliyev
Bexruz Assqarov
Alisher Odilov
Xusayn Norchayev
Ruslan Jiyanov
Oston Urunov
Akmal Raxmatov
Muhammadaminbek Maxmudov
Gurgen Israelyan
Alisher Abdurahmonov
Dilshod Hakimov
Azizbek Dusmuxammedov
Sanjar Maxmatmurodov
Butun O‘zbekiston bo‘ylab 120 dan ortiq shoxobchalarga ega maishiy texnika va uy uchun tovarlar do‘konlari tarmog‘i.
HOMIY
ISHONCH uchun bu loyiha shunchaki navbatdagi homiylik hamkorligi, deb bo‘lmaydi. Bu bizning qadriyatlarimiz loyihaning missiyasi bilan qanday uyg‘unlashgani haqidagi hikoya.

Bizning asosiy tamoyillarimiz markazida har doim insonlar — ularning orzu-umidlari, intilishlari va yaxshiroq hayotga erishish yo‘lidagi sa'y-haratklari bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. bu bizning "Bugun yaxshiroq yashash" shiorimizni yorqin aks ettiradi. ISHONCH loyihasi zamirida medallar yoki shohsupalar emas, balki har bir insonning intilishlari, motivatsiyasi va samimiy his-tuyg‘ulari yotadi.

Biz butun jamoamiz bilan O‘zbekistonning futboldagi yangi g‘alabalari hali oldinda ekanligiga ishonamiz, ammo bu yutuqning o‘zi bizning "Ko‘rinmas medal"imizdir. Ushbu loyiha orqali mamlakatimiz taraqqiyotiga sidqidildan hissa qo‘shayotgan har bir sportchi va har bir vatanparvar insonni qo‘llab-quvvatlamoqchimiz.

ISHONCH aynan shunday yaratiladi — katta g‘alabalar bilan emas, balki katta yutuqlarga olib boradigan kichik qadamlar orqali.
Zamira Rahmanova
Ishonch Savdo do‘konlar tarmog‘i kreativ direktori
Loyiha jamoasi mintaqa futbolining tarixiy lahzalarini kadrga muhrlash, o‘zbekistonliklar sevadigan sport turini sahna ortidan ko‘rsatish va yoshlarni sportdagi yangi yutuqlar hamda sog‘lom turmush tarziga undashga qaror qildi. To‘liq metrajli filmdan o‘yinlar xronikasi, arxiv lavhalari, shuningdek, terma jamoaning tayyorlanish jarayonlari, futbolchilar, bosh murabbiy, murabbiylar shtabi va jamoa personali bilan intervyular yoritiladi orin olgan.

Suratga olish ishlari jarayonida prodakshn jamoasi futbolchilar bilan O‘zbekiston (Toshkent shahri va viloyati) va Fransiyada (Sen-Rafael) o‘tkazilgan uchta yig‘inda qatnashdi. Keyinchalik Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida ham suratga olish ishlari davom etdi.
“Jamoamiz uchun bu — mamlakatning turli burchaklaridan yetishib chiqib, bir maqsad yo‘lida birlashgan oddiy yigitlar haqidagi hikoya. Filmimiz orqali Timur Kapadze boshchiligidagi yosh yigitlar Olimpiya o‘yinlariga yo‘lni qanday bosib o‘tgani, sportdagi katta yutuqlar zamirida qanday mehnatlar yotishi haqida hikoya qilmoqchimiz. Umid qilamizki, filmimiz bizni Parij sari yetaklagan yo‘lni unutmaslikka yordam beradi”.
Gazeta News kompaniyasi direktori
Davlat Umarov
MUALLIFLAR
  • “Gazeta.uz”
    2008-yil avgust oyidan buyon faoliyat yuritadigan O‘zbekistondagi eng yirik internet nashrlaridan biri. Qiziqarli va xilma-xil mavzular, sodda va tushunarli til, puxta tayyorlanadigan tahliliy materiallar va eksklyuziv kontent.
  • O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA)
    O‘zbekistondagi barcha 14 ta hududiy futbol federatsiyalarini birlashtirib, milliy terma jamoalar ishini tashkil etadi, shuningdek, mamlakatda futbolni qo‘llab-quvvatlash, rivojlantirish va ommalashtirish bilan shug‘ullanadi.
FILM USTIDA ISHLAganlar
Davlat Umarov
G‘oya muallifi
Muhammad Choriqulov
G‘oya hammuallifi
Alisher Seytniyazov
Rejissyor-ssenarist
Yevgeniy Sorochin
Bosh operator
Anastasiya Li
Ijrochi prodyuser
Muhrim A'zamxo‘jayev
Intervyuer
Dilshat Chorukov
Montajchi
Doniyor Abdullaxanov
Ovoz rejissyori
Daniya Kiyayeva
Prodyuser
Ma'murjon Obrahmatov
Operator
Iskander Mirzahmedov
Operator
Made on
Tilda