Terimchilar shunday — orzu-havasli. Paxta pulini ro‘zg‘ordan orttirib, to‘y-hashamga kiyarman deb yangi ko‘ylak olish istagida yurganlari ham, yaqinlariga sovg‘a-salom ulashishni niyat qilganlari ham, “Toshkentga boramiz, konsertlarga kiramiz, o‘ynab-kulib kelamiz”, — deydiganlari ham bor.
Terimchilar — samimiy. Ularni suratga tushiraversak, sodda kamtarlik bilan: “E, hammayog‘imiz to‘zib ketgan, suratga olmang bizni”, deyishadi. Sizlarni maqolamizga qahramon qilmoqchimiz, deb tushuntirsak: “Ho, qahramon enalar!”, deb mazza qilib kulishadi…