Foto: Iskandar MirzaAHmedov / Gazeta.uz
1-yanvar tongidagi Toshkent
Har yili 1-yanvar kuni “Gazeta.uz” fotomuxbirlari Yangi yilni kutib olganidan so‘ng xotirjam uxlab yotgan poytaxt manzaralarini suratga tushirish uchun erta tongdan shahar aylanadi. Bayramni nishonlash izlari qolgan sokin hovlilar va kimsasiz maydonlar, kamyob o‘tkinchilaru jamoat transportidagi sanoqli yo‘lovchilar — Iskandar Mirzaahmedov obyektivida.
Har yili 1-yanvar kuni “Gazeta.uz” fotomuxbirlari Yangi yilni kutib olganidan so‘ng xotirjam uxlab yotgan poytaxt manzaralarini suratga tushirish uchun erta tongdan shahar aylanadi. Bayramni nishonlash izlari qolgan sokin hovlilar va kimsasiz maydonlar, kamyob o‘tkinchilaru jamoat transportidagi sanoqli yo‘lovchilar — Iskandar Mirzaahmedov obyektivida.
Toshkentda sahar soat 7:11. 2025-yilning birinchi tongi otishiga yarim soatdan kamroq vaqt qolgan.
реклама
31-dekabrdan 1-yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metrosi tungi soat 2:00 gacha ishladi. Uch soatlik tanaffusdan so‘ng poyezdlar yana relslar bo‘ylab harakatlana boshladi.
Avtobus va marshrutkalar ham erta tongdan xizmatga shay.
Quyoshning ikki g‘ildirakli o‘rinbosari Birinchi Yanvar nomli g‘amgin va huvillagan ko‘chada dam olyapti.
Har oyning to‘rtinchi chorshanbasida Toshkentda “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi. 1-yanvarga to‘g‘ri kelgan navbatdan tashqari “Avtomobilsiz kun” tarixdagi eng muvaffaqiyatlisi bo‘ldi — bu chorshanbadagi asosan jamoat transportidan shaharni ham, ko‘chalarda mashinalar haddan tashqari kam bo‘lganini ham unutging kelmaydi kishi.
реклама
реклама
Ko‘p qavatli uylarning yon devorlaridagi reklama bannerlarisiz mozaikalar — 2024-yilning eng muhim g‘alabalaridan biri.
Toshkent ko‘chalaridagi hali ham erib ulgurmagan 2024-yil qorlari.
Yangi yilni kutib olganidan so‘ng uy va hovlilar qattiq uyquda. Saharlab ko‘chada yurgan odamlarni sanayman desang, bir qo‘lingdagi barmoqlar ham ortib qoladi. Ularning ba’zilari shu kunda ham ishga yo‘l olgan, boshqalari esa endi mehmondan qaytyapti.
Shaharda bayram izlari. Yarim tundagi mushakbozlikdan so‘ng eng chiroyli feyerverk ham ariqlarni to‘sib qo‘yadigan, daraxtlarda osilib qoladigan va shu tariqa odamlarga quvonch emas, balki atrof-muhitga ziyon yetkazuvchi chiqindiga aylanadi.
Yilni tozalikka intilib boshlash — yaxshilikka.
Osmoni yanvarning xira, ko‘ngilni g‘ash qiladigan ranglariga burkangan, bulutli, ammo tinch Toshkent.
Oldinda uzoq, 365 kunlik yo‘l. Mamlakat va jamiyat bu yo‘lni munosib bosib o‘tishiga tilakdoshmiz.
Yangi yil bilan, o‘zbekistonliklar!

Fotosuratlar muallifi: Iskandar Mirzaahmedov.
Grafik materiallarga bo‘lgan barcha huquqlar “Gazeta.uz” nashriga tegishli.

“Gazeta.uz” internet-nashrida e’lon qilingan materiallardan foydalanish shartlari bilan bu yerda tanishish mumkin.

Qiziqarli narsalarni bilasizmi? U haqida boshqalarga aytib bermoqchimisiz? O‘z hikoyangizni sp@gazeta.uz elektron manziliga yuboring.
Made on
Tilda