Xalqaro forumlar saroyining yozgi maydonchasida AQSh, Germaniya, Fransiya, Isroil, Indoneziya, Polsha, Shveysariyadan kelgan taniqli xonanda va sozandalar, shuningdek, o‘zbekistonlik jaz ijrochilari chiqish qiladi. O‘tgan yilgi dasturda davrimizning eng muhim saksofonchilaridan biri Kenni Garret, jaz-diva Di Di Bridjuoter, xorijiy musiqa munaqqidlarining suyuklisi Gregori Porter, italiyalik vokalchi Mario Bondi, akkordeonist Mark Bertumyo va boshqa yulduzlar qatnashgan edi. Bu safargi festivalda Glenn Millerning afsonaviy orkestri
ishtirok etadi (
dastur).
Tadbirning eng katta afzalligi — kirish tekin. Ya’ni, jazning xilma-xil uslublaridan bahra olib, vaqtni ochiq osmon ostida raqsga tushgancha chog‘ o‘tkazish — mutlaqo bepul.
Avvalroq festivalning qaysi konsertlariga albatta borish lozimligi haqida
tavsiyalar e’lon qilingan edi.