Odamlarning musiqiy janrlar borasidagi bilimlari ko‘payishi, musiqiy janrlarga nisbatan qiziqishi ortishi kerak. Bu borada O‘zbekistonda kichik bo‘lsa-da, o‘zbek tilli va rus tilli rok targ‘ibotchilari harakat boshlagan. Ular Telegram orqali rok haqida asosan matnli hikoyalar e’lon qilib boradi. Men rokka ixtisoslashgan ‘‘
Rokistan‘‘, ‘
‘Rokerlar jamiyati‘‘, ‘
‘Noyabr simfoniyasi‘‘, ‘‘
Rock Tashkent‘‘ kabi spetsifik sahifalar haqida gapiryapman.
Bu sahifalarning auditoriyasi kichik bo‘lishiga qaramay, faqat va faqat rok haqida ma’lumot ulashadi. Bu ham albatta, O‘zbekistonda rok rivojiga hissa qo‘shadi, degan umiddaman. ‘‘Rokerlar jamiyati‘‘ sahifasi yaratuvchisi Axrorxon Samatxonov bizning guruhimiz ma’muri hisoblanadi. Loyihamizning ko‘p qismida uning o‘rni bor. Mamlakatimizda rokni sevuvchi shunday insonlar ko‘payishini istaymiz.