Urganchdagi O‘zbekiston zamonaviy san’ati muzeyi (
CAMUZ) o‘zi joylashgan binoning 115 yillik tarixi hamda Xorazm va butun mamlakatning boy madaniy merosini o‘zida mujassam etgan. Bu yerda rangtasvir, fotosuratlar, haykaltaroshlik asarlari, amaliy san’at buyumlarini o‘z ichiga olgan 3000 dan ortiq eksponatdan iborat noyob to‘plam jamlangan. Muzey, shuningdek, ko‘rgazmalar, xalqaro loyihalar va ta’lim dasturlari uchun makon vazifasini ham bajaradi.