Fuqaro sifatida muammolarga befarq emasligi o‘z natijasini bermay qolmaydi. 8-avtobus saroyi rahbariyati aloqaga chiqib, vaziyatni nazoratga olganini ma’lum qiladi. Haydovchilar bilan bo‘lgan uchrashuvda Nargiza opa har kim jamoat transportidan foydalanishga haqliligini eslatishdan tashqari, nogironligi bor shaxslarning huquqlari to‘g‘riсиdagi
konvensiya va
qonundan ham misollar keltiradi.
Hozir jamoat transporti bilan bog‘liq vaziyat birmuncha yaxshilanganini ta’kidlagan ayol shu kunlarda trotuar va piyodalar yo‘lagiga mashinasini ko‘ndalang qilib parkovka qiladigan haydovchilardan zada bo‘lgan. Aytishicha, bu nafaqat nogironlar, balki yosh bolali onalar, velosipedchilar, umuman, barcha piyodalarga noqulaylik tug‘diradi. Piyodalar yo‘lagi yopib qo‘yilgani sabab odamning avtoyo‘lga chiqishga majbur bo‘lishi oqibati esa baxtsiz yakun topishi mumkin.