“Juda ko‘p mamlakatlarning chanqovuzlarini ko‘rganman, ularning ham o‘zgacha ovozi bor. Menga o‘zimizning chanqovuz oddiyligi va sohir ovozi bilan ko‘proq ma’qul keladi”, — deydi Bo‘riqul Jumayev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, chanqovuz inson salomatligi uchun ham foydali, masalan, nafas yo‘li kasalliklarining oldini oladi. Chanqovuz chalganda to‘liq nafas olib o‘pkani shishirish, yarimta havo chiqarish va tez-tez havo almashtirish hisobiga o‘pka faoliyati yaxshilanadi.
Bugungi kunda tinglovchi talabi va sozandaning mahorati sabab to‘y-bazmlarda ham chanqovuzi bilan keladigan musiqachilar uchrab turadi. Chanqovuzga hatto orkestrlarda ham o‘rin
berilyapti.