Foto: Yevgeniy Sorochin / Gazeta
Mahallalar musiqasi
Oksana Chusovitina bilan suhbat
Gazeta va Yandex Music “Mahallalar musiqasi” loyihasini davom ettiradi. Bu safargi qahramon jahon gimnastikasi afsonasi Oksana Chusovitina bo‘ldi. Biz u bilan bolaligi, o‘z nomi bilan ataluvchi maktab, qizlarga bo‘lgan munosabat va Olimpiya o‘yinlari haqida suhbatlashdik.

Oksana Chusovitina — beqiyos ayol. Uchrashuvdan avval uning o‘nlab intervyularini ko‘rib chiqdim, ammo u bilan tanishlik hissini tuya olmadim. Suhbatdoshlar u bilan nuqul sport va yoshi haqida gaplashib, shaxsiyatini e’tibordan chetda qoldirgandek ko‘rindi. O‘zi bilan tanishgach, Oksana Aleksandrovna butun borlig‘ini mashg‘ulotlariga bag‘ishlaganini, ko‘plab ijtimoiy masalalarga ham aynan gimnastika nuqtai nazaridan kelib chiqib baho berishiga guvohi bo‘ldim. Sportga shunchalik berilmaganida, ehtimol, hozirgi darajasiga ham chiqa olmagan bo‘lardi. Aynan shu sabab loyihaning bu galgi soni, avvalgilaridan farqli o‘laroq, sayr emas, balki suhbat deb nomlanadi va unda sayr xaritasi yo‘q: sportchi gimnastikadagi vaqti cheklanganini aytib, sayr qilishga hali ulgurishini ta’kidladi.
Biz u bilan Toshkentning Mirobod tumanidagi Sariko‘l ko‘chasida joylashgan Oksana Chusovitina nomidagi ixtisoslashtirilgan sport gimnastikasi maktabi zalida uchrashdik. Bunday nomdor sport maktablari O‘zbekistonda atigi ikkita. Ikkinchisi bokschi Bahodir Jalolov sharafiga nomlangan.
Oksana Chusovitina nomidagi gimnastika maktabi haqida
Chusovitina maktabini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2022-yili imzolagan, biroq Sariko‘ldagi bino qurilishi o‘tgan yilning sentabrigacha davom etdi. Bolalar ikki yil davomida 14-maktabda mashq qilib, umumta’lim fanlarni 147-maktabda o‘qib-o‘rganishdi.

“Maktabim qurilayotganda hamma narsani nazorat qilib turdim. Ikki yil davomida uni qabul qilmadim, — deb eslaydi Oksana Aleksandrovna. — Menga: „Siz hozir imzolab beravering, keyin biz hammasini tez bajarib tashlaymiz“, degan gapni ko‘p aytishdi. Men esa ularga: „Avval hammasini tezda bajaring, keyin men imzo qo‘yib beraman“, deb turaverdim. Erimdan poydevor va pol qanday quyilayotganini kuzatib turishini so‘radim, chunki bularning barchasi cho‘kkuniga qadar kutish kerak. Ular esa nuqul shoshilardi, tez-tez bitirsa-da, ketsa. Ammo, chempionlarni yetishtirish uchun qurilish ham sifatli bo‘lishi kerak. Axir biz sport jihozlarini shu polga qotiramiz-ku. Bolalar mashg‘ulotlar vaqtida bo‘yinlarini qayirib olmasliklari uchun, ishchilar qanday ishlayotganini doimiy kuzatib turdim. Hatto unitazlarni ham qotirmay, eng arzonini o‘rnatishdi. Hammasini almashtirishga majbur qildim”.
Oksana Chusovitina Gimnastika federatsiyasining “Yunusobod” sport majmuasidagi yangi zalini ko‘zdan kechirmoqda.
Hozir bu yerda 155 bola ta’lim olyapti, ularning 24 nafari maktab huzurida yashaydi. Mashg‘ulotlar ikki smenada o‘tkaziladi. Kunning birinchi yarmida quyi sinf o‘quvchilari mashq qiladi, keyin katta yoshdagi bolalar keladi. Ularning bari o‘smirlar o‘rtasidagi musobaqalarda qatnashadi. Kattalar o‘rtasidagi musobaqalarda 16 yoshdan chiqishlari mumkin — bu paytga kelib o‘smirlar gimnaziyadagi o‘qishni tugatib, Yunusoboddagi Gimnastika federatsiyasi zalida mashq qiladigan asosiy tarkibga qo‘shiladi, deydi Chusovitina.

Uning aytishicha, gimnaziyaga qabul katta emas. Bir yilda faqat 24 bola 1-sinfga qabul qilinadi. Faqat maktab ishga tushgan birinchi yili barcha to‘qqiz sinf uchun qabul amalga oshirilgan. Qabul yozda bo‘ladi. Har bir o‘ringa 45−50 nafar qiz va shundan biroz kamroq o‘g‘il bolalar da’vogarlik qiladi.
“Qizlar ko‘proq, chunki ularni badiiy gimnastikaga berishadi. Bizda asosan toshkentlik bolalar o‘qiydi. Viloyatlardan qizlarni yo olib kelishmaydi, yo berishadi-yu, 12 yoshida olib ketishadi. Otalari qizlari gimnastikada qolsa, turmushga chiqolmaydi, deb o‘ylashadi. Men ularga: „Qizingiz ertaga Olimpiada chempioni bo‘lsa-chi? O‘shanda unga mashina ham, kvartira ham sovg‘a qilishadi-ku“, deb aytaman. Ammo bu gaplarning bari befoyda. Qizlarga ishonishmaydi. Bolalarga tanlash imkoniyati berilmaydi. Ichimda bir savol tug‘iladi: nahotki, otalar qizlarini shunchalik nomunosib yoki xunuk deb hisoblashadiki, sport karerasi ularning turmushga chiqishiga to‘sqinlik qiladi, deb o‘ylashsa? Qizlarni tezroq erga berib, ulardan qutulishni istashadi. Juda achinaman. O‘g‘il bolalarni esa, yomon natija ko‘rsatsa ham, olib ketishni istashmaydi”.
Oksana Chusovitinaning shaxsiy arxividan
Oksana Chusovitina — gimnaziya direktori. Bu uning hayotidagi birinchi ma’muriy ish. U boshqaruv sport mashg‘ulotlaridan ko‘ra ko‘proq charchatishini tan oladi. Chusovitina direktor sifatida hamon ishga moslashish jarayonida, har kuni nimadir yangi narsa o‘rganadi.

“Menga bu ish yoqadi, o‘ziga yarasha qiziqarli. Lekin qattiqqo‘llikni talab qiladigan ish. Direktorlik menga barcha topshiriqlarning bajarilishini qayta tekshirish zarurligini o‘rgatdi. Ko‘pincha, agar biror narsani yaxshi bajarish kerak bo‘lsa, uni o‘zingiz qilishingiz kerakdek tuyuladi. Yana bir ko‘nikma — o‘z vazifasini yomon bajarayotgan xodimlar bilan xayrlashish kerak. Birovni ishdan bo‘shatish juda qiyin, ayniqsa, bu ishni birinchi marta qilayotgan bo‘lsang”.

Oksana Aleksandrovnaning aytishicha, u ko‘p yillar o‘z sport gimnastika klubini tashkil etish orzusi bilan yashagan, lekin butun boshli maktab ochishni xayoliga ham keltirmagan edi. To‘laqonli ta’lim muassasasi qurib berilgani esa har qanday kutilmadan ham ortiq bo‘ldi.
O‘zbekiston va G‘arbda sportni moliyalashtirish tizimi haqida
Gimnaziyada o‘qish va yashash bepul bo‘lgani uchun o‘quvchilar sportga mas’uliyatsizlik bilan munosabatda bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi Oksana Chusovitina. U G‘arbda sportchilarni moliyalashtirish tizimi qanday ishlashini yaxshi biladi, chunki o‘zi bir necha yil Germaniya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
“Bir necha sport turini hisobga olmasa, ularda professional sportchilar yo‘q, — deydi gimnastikachi. — Qolgan hammasi havaskorlik sporti hisoblanadi, buning uchun maosh to‘lanmaydi. Hozir sportchilar biror narsani reklama qilib pul topishi mumkin, ilgari esa bunday imkoniyat ham bo‘lmagan. Shuning uchun hammaning o‘z homiysi bo‘lgan, ko‘pincha bu vazifani ota-onalar bajargan.

Masalan, mening homiyim bor edi. Nemis ayollari o‘z g‘alabalari uchun Sport yordami jamg‘armasidan pul olardi. Biroq, u yerdagi summalar unchalik katta emas: masalan, 500 yevro. Buni ham har oy olavermaysan. Ularda maosh degan narsa yo‘q, sportchiga maosh to‘lash degan narsa sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlarida bor. Dunyoning qolgan qismida sport — boylar ermagi.

Bizda esa hammasi juda ijtimoiy. Shu bois bolalar ba’zan o‘zlaridagi imkoniyatlarni qadrlamaydi. Ular zalga kelib, hech narsa qilmay ketishi ham mumkin. AQShda, masalan, barcha sport klublari xususiy. Bolasi mashg‘ulotlarda qatnashishi uchun ota-onalar katta pul to‘laydi. Agar farzandi Amerika chempionatiga yo‘l olsa, ota-onasi murabbiydan u bilan birga borishni so‘raydi. Murabbiy uchun esa bu safar foydali bo‘lmasligi mumkin, chunki u xuddi shu vaqtda bir nechta sportchidan iborat guruh bilan shug‘ullanib, ko‘proq daromad olishi mumkin. Shuning uchun ota-onalar yoki homiylar murabbiyning barcha xarajatlarini ham qoplaydi. Davlat mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish imkoniyati faqat Amerika chempionatida 1−12-o‘rinlarni egallagan gimnastikachilarda mavjud. Bunday holatda federatsiya sportchining klubdagi mashg‘ulot xarajatlarini qoplaydi. Biroq yarim yil yoki bir yildan keyin talab qilingan natijani saqlab qololmasa, moliyalashtirish to‘xtatiladi.
G‘arbdan farqli o‘laroq, O‘zbekistonda sportni davlat qo‘llab-quvvatlaydi, lekin homiylar unchalik faol emas, deydi Oksana Chusovitina. Homiylar paydo bo‘la boshlaganiga qaramay, ular hozircha asosan boks va kurashga e’tibor qaratyapti.

“Mening homiylarim bor, lekin ular hech qachon O‘zbekistondan bo‘lmagan”, — deydi Oksana Chusovitina.
Shaxsiy mashg‘ulotlar va nomli gimnastika elementlari haqida
“Bugun uch soat mashq qildim, — deydi sportchi. — Ba’zan yaxshiroq bo‘ladi, mashg‘ulot tezroq o‘tadi, 2−2,5 soatda tugataman. Ammo bunaqasi ko‘proq musobaqalar oldidan, allaqachon formaga kirganimda bo‘ladi. Ilgari men faqat tayanib sakrash bilan shug‘ullanardim, hozir esa ko‘pkurash yoki to‘rtta snaryadning barchasini tayyorlayman: brus, erkin mashqlar, tayanib sakrash va qo‘shpoya. Shuning uchun nimanidir tiklash, qayerdadir ko‘proq ishlash kerak. Shu tariqa mashg‘ulot biroz cho‘ziladi”.
Bularning bari Los-Anjeles Olimpiadasining saralashida qatnashish uchun kerak. Oksana Chusovitinaning ta’kidlashicha, gimnastikachilarda ko‘pkurash bo‘yicha Olimpiadaga yo‘llanma olish uchun uchta imkoniyat bor. Kaliforniyaga 2027-yilgi jahon chempionati g‘oliblari, Osiyo chempionatining oltin medalini olganlar, shuningdek, 2028-yili bo‘ladigan jahon kubogining olti bosqichidan to‘rttasida birinchi va ikkinchi o‘rinni egallaganlar borishi mumkin.
“Los-Anjelesga borishni juda xohlayman. Saralashgacha yana ikki yil bor. To‘rtta snaryadni tiklash uchun vaqt yetarli. Eplay olmasam ham, hech bo‘lmasa, harakat qilgan va sinab ko‘rgan bo‘laman-ku. Men shunday odamman — albatta sinab ko‘rish kerak, deb hisoblayman, chunki “shuni qilib ko‘rmadim-a”, deb achinib o‘tirishni yoqtirmayman.

Olimpiadaga yo‘llanma olishning o‘ziyoq aql bovar qilmas yutuq. Albatta, har bir sportchi medal olishni orzu qiladi, ammo musobaqa oldidan yoki musobaqaning o‘zida jarohat olish hollari ham bo‘lib turadi. Xuddi Parij Olimpiyasidagi holatim kabi. O‘shanda mendan qattiq xafa bo‘ldingizmi, deb so‘rashdi. Albatta, mening o‘rnimda boshqa har qanday sportchi ham xafa bo‘lardi. Shuncha mashq qildim, to‘rtta snaryadni tikladim. Ammo men allaqachon sakkizta Olimpiadada qatnashganman, shuning uchun menga boshqa sportchilarga qaraganda yengilroq bo‘lsa kerak. Men ko‘proq o‘zim bilan musobaqalashaman.

O‘zining birinchi Olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan bolalar ham bor. Agar birinchi Olimpiadamga yo‘llanma olib, jarohat tufayli u yerga borolmaganimda, bilmadim, keyinchalik sportda qolarmidim yoki yo‘q. Lekin Parijdagi Olimpiada men uchun navbatdagisi bo‘lgani uchun bu “ko‘rgilik”ni xotirjam o‘tkazdim. Shunday bo‘lishi kerak ekan-da, deb o‘yladim. Bir-ikki joyda Parijga borgim kelmayotgani, u yerda avval ham bo‘lganim uchun uni o‘tkazib yuborib, Los-Anjelesga bormoqchiligim haqida gapirgandim. Albatta, bu so‘zlarimni shu ishlar ro‘y berganidan keyin esladim.
Ilgari Oksana Chusovitina kuniga olti soatdan mashq qilardi. Qani endi imkoniyat bo‘lsayu, o‘zining yoshligiga maslahat bera olsa — faqat ma’lum narsalar bilan shug‘ullan, o‘zingni juda ortiqcha zo‘riqtirib yuborma, deya tavsiya bergan bo‘lardim deydi. Ammo bu tavsiyalarning bari tajriba bilan keladi. Aytishicha, har qanday sportchi ba’zi-ba’zida “jinni bo‘lib qoladi”, shunchaki tinchlanish kerak bo‘lgan vaqtda kerakmas bir ishni o‘nlab marta takrorlaydi.
Sportchi bo‘lganingizda, meni tushunardingiz
Shunday kunlar bo‘ladiki, qanchalik urinmang, hech narsa chiqmaydi. O‘zingizni boshqara olmaysiz, jahlingiz chiqadi, garchi bunday qilmaslik kerakligini bilsangiz ham. Ammo buni anglash, agar ko‘p va aql bilan mehnat qilsangiz, yosh ulg‘ayishi bilan keladi. O‘zimga kamroq mashq qilishni maslahat bera olganimda, ehtimol, hozirgi darajamga yetmagan ham bo‘lardim.

Sportchi bo‘lganingizda, meni tushunardingiz. Shunday kunlar bo‘ladiki, qanchalik urinmang, hech narsa chiqmaydi. O‘zingizni boshqara olmaysiz, jahlingiz chiqadi, garchi bunday qilmaslik kerakligini bilsangiz ham. Ammo buni anglash, agar ko‘p va aql bilan mehnat qilsangiz, yosh ulg‘ayishi bilan keladi. O‘zimga kamroq mashq qilishni maslahat bera olganimda, ehtimol, hozirgi darajamga yetmagan ham bo‘lardim.

Beshta gimnastika elementi Oksana Chusovitina nomi bilan ataladi. Sportchining aytishicha, bunaqa narsalar ko‘pincha tasodifan o‘ylab topiladi. Har bir elementning o‘z qiymati bor. Uning nomi Xalqaro gimnastika federatsiyasining texnik qo‘mitasiga ariza topshirilgandan so‘ng beriladi. Element uchta yirik sport tadbirlaridan birida xatosiz bajarilishi shart: Jahon kubogi, Jahon chempionati yoki Olimpiya o‘yinlarida.

“Bu elementni o‘ylab topgan sportchi yiqilib tushishi va uni bajara olmasligi mumkin. Uni muallif ijrosini ko‘rgan boshqa gimnastikachi bexato takrorlashi mumkin. Agar ikkinchi sportchi elementni xatosiz bajarishga muvaffaq bo‘lsa, bu element uning nomi bilan ataladi. Men o‘z elementlarimni o‘zim o‘ylab topganman”, — deydi Oksana Aleksandrovna.

Bolalik va oila haqida
“Odatda sportchilarning bolaligi bo‘lmaydi, deyishadi. Menda esa bo‘lgan. Tomlarga va yerto‘lalarga chiqardim, bog‘dagi olma va giloslarni o‘g‘irlardim, ariqda cho‘milardim, “urush-urush” va futbol o‘ynardim. Faqat, eslasam, ota-onam bilan hech qayerga bormagan ekanmiz. Faqat onam bilan Orjonikidze (Vladikavkaz)ga borganimni eslayman, opa-singillarim va akam o‘sha yerda tug‘ilgan. Faqat men Buxoroda tug‘ilganman, chunki otamni u yerga qurilishga yuborishgan. Lekin meni bu shahar bog‘lovchi hech narsa yo‘q. Dadam Toshkentga jo‘natilib, bu yerga ko‘chib kelgan vaqtimiz men uch-to‘rt yoshlarda bo‘lganman.

Otam bilan doim bayramlarni eslayman. 1 va 9-may paradlariga borardik, gazli suv ichardik, muzqaymoq yerdik, pufakchalar sotib olardik. Otam yoshligida konchi bo‘lgan, keyin “Glavtashkentstroy”ga quruvchi bo‘lib ishga kirgan. Bu ham og‘ir ish. U 2001-yilda qon tomirlari o‘tkazuvchanligining buzilishidan vafot etgan. Ehtimol, bu kasb kasalligi bo‘lsa kerak.

Onam 85 yoshda. U Tyumenda yashaydi. Yangi yilda uning oldiga boraman. Onam gimnastika bilan shug‘ullanishimni hech qachon xohlamagan. O‘ylashimcha, ongim ostida men har doim unga sportda nimagadir erishish mumkinligini isbotlashni xohlardim. Dadam bir kuni unga: “Oksana sport bilan shug‘ullanishni istasa, shug‘ullanaversin”, degandi. Menga esa: “Qizim, shuni bil — har qanday ishga kirishsang ham, uni oxiriga yetkazish kerak. Qo‘lingdan kelmasligini bilsang, boshlama. Yarim yo‘lda tashlab ketma”, dedi. Hozir onam, albatta, men bilan faxrlanadi, jarohat olmasin deb qayg‘uradi. U hech qachon musobaqa oldidan qo‘ng‘iroq qilmaydi va mening chiqishlarimni ko‘rmaydi. Chiqib bo‘lganimdan keyin, dugonasiga qo‘ng‘iroq qilib so‘raydi: “Oksananing chiqishi qanday o‘tdi? O‘zi tirikmi? Sog‘-salomat?”.

Otasining oq fotihasi bilan Oksana Chusovitina gimnastika bilan shug‘ullanishda davom etdi. Uning sport maktabi Chilonzordagi hozirgi Olimpiya zaxiralari kolleji hududida joylashgan edi. Yunusoboddan u yerga ikki transport bilan borish kerak edi, shuning uchun unga, yosh bo‘lishiga qaramay, yotoqxonada yashashga ruxsat berilgan: odatda bolalarga 6-sinfdan internatda yashashga ruxsat berilardi, ammo gimnastika erta sport turi bo‘lgani uchun gimnastikachilar uchun alohida sharoitlar bor edi.

Oksana Chusovitina shanba kungi mashg‘ulotlardan so‘ng faqat dam olish kunlari uyiga qaytardi. Oilasidan ayrilganiga qaramay, u internatdagi vaqtini iliq eslaydi. Ajoyib davrlar edi, deydi. Yaqinlarini sog‘inmagan: uydan uzoqda erkinlik ko‘proq. Shu bilan birga, mustaqil bo‘lish zarurati ham.

Qizig‘i shundaki, Oksana Chusovitina oddiy odam uchun juda og‘ir bo‘lgan sportchilik hayotiga qaramay, ajoyib va hatto havas qilsa arzigulik ayollik xususiyatini saqlab qolgan. U biz memlarda uchratishga o‘rgangan iboralarni aytadi, lekin uning og‘zidan ular kulgili emas, aksincha, hurmat uyg‘otadigan bo‘lib chiqadi. Turmush o‘rtog‘i, kurashchi Bahodir Qurbonov haqida oila mas’uliyatini viqor bilan zimmasiga olgan, ayoliga g‘amxo‘r inson sifatida fikr yuritadi.

“Turmush o‘rtoq borasida juda omadim kulib boqqan. O‘zining kelib chiqishiga qaramay, u meni uy ishlari bilan band qilmaydi va menga qulay bo‘lishi hamda mashg‘ulotlarimga kuch qolishi uchun hamma narsani qiladi. Oilamizda men kichkina bir qizaloqman: erim oila uchun, men esa o‘zim uchun pul topaman. Erim — mening moliyaviy xavfsizlik yostiqcham. Oila qurganimizda, men unga darhol oshxonaga mos kelmasligimni aytganman. Uyda ovqat pishirmayman, bozor qilmayman, mehmonlarning ko‘nglini xushlab o‘tirish ham uning zimmasida”.
O‘g‘lining kasalligi va xayriya haqida
Hayratlanarlisi shundaki, Oksana Chusovitina o‘g‘lining kasalligi haqida gapirganda hamisha xotirjamlikni saqlaydi. Buni uning sog‘ayib ketgani bilan izohlaydi. Alisherning davolanishi uchun oila Yunusoboddagi besh xonali kvartirasi va mashinasini sotgan. Davolanish narxi o‘sha paytda aql bovar qilmas 120 ming yevroga baholangan. Shundan so‘ng, bola yana besh yil davomida nazoratda turdi va doimiy ravishda tahlillar topshirdi, ularning to‘lovi boshqa kassaga o‘tkazilardi.

“Umumiy hisobda qancha pul sarflaganimizni hech qachon hisoblamaganmiz. Kasalxona Alisherga hisob ochganda pul yig‘a boshladik. Keyinchalik menga Olimpiadada Germaniya nomidan qatnashish taklif qilindi, bu menga Germaniya fuqaroligini olish imkonini berardi, Alisher esa davolanishni qoplaydigan sug‘urtaga ega bo‘lardi. Menga pasport berilgach, klinikada Alisherning hisobidagi yig‘ilgan mablag‘ni qayerga o‘tkazish kerakligini so‘rashdi. Turmush o‘rtog‘im bilan pulni kasalxona hisobiga o‘tkazishga qaror qildik, chunki agar davolanishiga pul zarur boshqa bola tug‘ilib qolsa, mablag‘ tayyor turardi”.

Oksana Aleksandrovna hozir ham xayriya bilan shug‘ullanyapti, biroq endi jamg‘armalar ishtirokisiz ishlayapti, chunki ularga ishonmaydi.
Men undan onkologik bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash uchun o‘zining ijtimoiy mavqeidan qanchalik foydalanayotgani haqida so‘radim. U har qanday ishda uni biladigan odam shug‘ullanishi kerak, degan tamoyilga amal qilishini aytdi. Gimnastikachi o‘g‘lining kasalligi paytida uning kasalligi haqida ma’lumot olish uchun bir marta ham internetdan foydalanmaganini bir necha bor ta’kidlagan.

“Men xospislar va onkologik kasalliklarni davolash haqida tushunchaga ega emasman. Hech narsani tushunmaydigan sohalarimga aralashmayman. Men shifokorlikka o‘qiganlarga ishonaman va o‘zim tushunmaydigan masalalar bilan shug‘ullanmayman, chunki menda bu borada tajriba yo‘q va men ular qabul qilgan qarorga e’tiroz bildira olmayman”.

O‘g‘lining xastaligi hamda Kyoln kasalxonasi va sport zali o‘rtasida o‘tkazgan yillar Oksana Chusovitinada tibbiyot muassasalariga nisbatan toqatsizlikni shakllantirgan: Alisher kasal bo‘lib qolganida ikki yoshda edi, sog‘ayib ketganiga esa salkam 12 yoshga to‘lgandi.
“Bularning bari biz uchun juda og‘ir kechgan, shuning uchun u tuzalgach, men boshqa farzand ko‘rishni xohlamadim. Erim hech qachon yana bola kerak, demagan. Yana shuni tan olish kerakki, ona bo‘lish uchun tug‘ilgan ayollar ham bor. Men esa buning uchun yaratilmaganman. Bundan uyalmayman ham, hijolat ham bo‘lmayman. Beshta bolaga o‘zini bag‘ishlashdan ko‘ra, bitta bolani yaxshilab o‘stirgan ma’qul. Farzand tarbiyalash juda og‘ir. Hatto uchta farzandi bor odamlarga ta’zim qilaman.

Lekin hayotimdagi eng muhim inson baribir o‘g‘lim bo‘lib qolaveradi. Bu yil u Germaniyadagi universitetni tugatdi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘ladi. O‘tgan yili u aqliy rivojlanishida muammolari bor bolalar bilan ishlash bo‘yicha amaliyot o‘tadi. Unda menga berilmagan sabr-toqat bor. Shuning uchun ham men o‘zim bolalar bilan shug‘ullanmayapman: ularga nimanidir aytib berishim mumkin, lekin har kuni ishlay olmayman”.
Gimnastika shoulari haqida
“Men sport gimnastikasini eng go‘zal sport turi, deb hisoblayman. Gimnastika — bu chidamlilik, kuch, egiluvchanlik, tezlik, muvofiqlashtirish va muvozanatni o‘z ichiga olgan murakkab koordinatsion sport turi. Bu ko‘nikmalarning barchasi bolalikdan boshlab bir vaqtning o‘zida rivojlanadi. Bundan tashqari, sport gimnastikachisi mashg‘ulotlar boshlanganidan keyin uch-to‘rt yil o‘tgach, boshqa har qanday sport turiga o‘tishi mumkin.

Shuning uchun gimnastika shoularini o‘tkazishni juda xohlayman. Bu shunday teatrlashtirilgan tomoshaki, unda gimnastikaning barcha turlari: badiiy, sport, havo, guruh mashqlari va batut bilan qo‘shib o‘tkaziladigan spektakl bo‘ladi. O‘zim ham har yili Aleksey Nemov shousida qatnashaman. Juda chiroyli tomosha. Bunday shou bir umrlik taassurot qoldiradi.

Men bunday shoularni Toshkentda o‘tkazmoqchiman. Bizda allaqachon rejissyor, ssenariy bor, “Humo Arena” esa zal ijarasi va yoritish uchun 50 foizlik chegirma berishini aytgan. Amalga oshirish uchun bizga faqat pul yetishmayapti. Ular mashhur gimnastikachilarning gastrollari va gonorarlari, artistlarning to‘lovlari, ovoz uskunalari ijarasi, kostyumlar, reklama uchun kerak. Tomoshabinlar kelishi uchun shunday taniqli san’atkorlarni taklif qilish kerakki, odamlar ularga qarab kelishsin.

Men bunday shou bilan O‘zbekiston bo‘ylab gastrol qilishni, odamlar gimnastikaning go‘zalligini ham, uning turlarini ham ko‘rishini istardim. Hozir odamlar bolalarini gimnastikaga olib kelib, faqat badiiy gimnastika bor, deb o‘ylaydi. Ular, masalan, gimnastika va yengil atletika o‘rtasidagi farqni bilmaydi. Agar 10 ta kompaniya 50 ming dollardan to‘lasa, bu shouni o‘tkazishga yetadi, lekin foyda keltirmaydi. Biroq hududlardagi odamlarda sport gimnastikasi haqida tasavvur paydo bo‘ladi. Ular bu sportga e’tibor berilmagan yillar davomida uni unutib qo‘ygan. Hozir sport gimnastikasi haqida yana eslay boshlashdi: viloyatlarda zallar qurilyapti, biz noldan terma jamoa tuzyapmiz, chunki bizda zaxira yo‘q. Viloyatlarda faqat badiiy gimnastika rivojlantirilgan, chunki u arzonroq: faqat bino topish, gilam to‘shash, to‘qmoqlar, lentalar va to‘plar sotib olish kerak, xolos. Sport gimnastikasi uchun maxsus jihozlar kerak. Bizda esa ular juda qimmat”.

Yunusobod haqida
“Men doim Yunusobodda yashaganman va, karantin vaqti sal yaqinroq tanishgan bo‘lsam-da, Toshkentni yaxshi bilmasdim. Lekin men hech qachon ko‘p sayr qilmaganman, parklarga bormaganman. Hovlida itim bilan aylanaman, u yerda daydi mushuklar bor, sayr qiladigan joy yo‘q. Muhit yanada qulayroq bo‘lishini, bolalarga o‘ynash va yugurish uchun joylar bo‘lishini istardim.

Men baribir birinchi navbatda professional sportchiman va butun hayotim sport atrofida qurilgan. Agar ertangi mashg‘ulotdan oldin dam olishim kerak bo‘lsa, saunaga borib, hordiq chiqarishni afzal ko‘raman.

Toshkent bilan tanishishga ulguraman hali, lekin giimnastikada juda kam vaqtim qoldi. Buni tushunib turibman. O‘ylashimcha, Los-Anjelesdan so‘ng faoliyatimni aniq yakunlayman va boshqa shug‘ullanmayman. Siz bilan gaplashaman, qahvaxonalarda o‘tiraman, sayr qilaman, hayotimning bir bo‘lagiga aylanib qolgan maktabim bilan band bo‘laman. Aslida-chi, men yolg‘iz qolishni yaxshi ko‘raman. Albatta qayergadir borib, kim bilandir gaplashib o‘tirishim shart emas. Juda kamgapman men. Suhbatlar ko‘p kuchimni olib qo‘yadi”.

Oksana Chusovitina tinglashni tavsiya etadi

Matn: Sabina Bakayeva.

Fotosuratlar muallifi: Yevgeniy Sorochin

Matn va barcha grafik materiallarga bo‘lgan huquqlar Gazeta nashriga tegishli. Gazeta internet-nashrida e’lon qilingan materiallardan foydalanish shartlari bilan bu yerda tanishish mumkin.

Qiziqarli narsalarni bilasizmi? U haqida boshqalarga aytib bermoqchimisiz? O‘z hikoyangizni sp@gazeta.uz elektron manziliga yuboring.

Made on
Tilda