«Bir kuni Buxorodan odamlar kelishdi va bizni maktabda to'plashdi. Bizga kasseta qo'yib, qumga qarshi qanday kurashish mumkinligini aytib berishdi. Mahallada mendan boshqa hech kim qiziqmadi ham, saksovul ekishga tushmadi ham», — so'zlab berdi Nomoz aka. |
Nomoz aka o'rmonni tiklash g'oyasi bilan juda qiziqdi. Mahalliy tadbirkor o'zining yerini unga foydalanishga berdi. GEJ KGD ko'chatlarga pul ajratdi. Va… hech narsa bo'lmadi. Birinchi yili saksovul ko'chatlari ko'karmadi. «Men ekkan ko'chatlar qurib ketdi. Avvaliga to'g'ri ekishni bilmagan ekanman. Ildizlariga ozroq loy qo'shish kerak ekan. Buni bilganimdan keyin yana ekishni boshladim», — dedi Nomoz aka. Omadsizlik «qum ishg'olchisi"ni to'xtatolmadi. 2010 yilda u saksovul va boshqa cho'l o'simliklarini yana eka boshladi. Uch yil ichida 15 mingtacha saksovul ko'chatlarini qo'l bilan ekdi. |
Hozirda 50 gektardan ortiq haybatli hududda o'rmon vujudga kelgan. Bu 35 ta futbol maydoni yoki 3 ta Mustaqillik maydoni degani. Boshidan oxirigacha mashinada yurishga to'g'ri keladi — piyoda yurishga uzoqlik qiladi. Bu yerda saksovullar juda baland — odam bo'yidan oshadi. Ular atrofida butalar barq urgan, o'simliklar shamolda tebranadi, kemiruvchi va sudraluvchilar inlari galasiga duch kelasiz. Haqiqiy o'rmon! Hozircha juda yosh — bor-yo'g'i sakkiz yoshda. |